2025-yil 10-dekabr kuni Toshkent viloyati Toshkent tumani 14- maktabining 4-"Ye"

23.12.2025 15:05 12 ko'rish

2025-yil 10-dekabr kuni Toshkent viloyati Toshkent tumani 14- maktabining 4-"Ye" sinfida O‘zbekiston Respublikasi MMT Vazirining 2025-yil 25-avgustdagi “Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida ma’naviy - ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 308-sonli buyrugʻi ijrosini ta'minlash, Dekabr -"HUQUQIY MADANIYATNI OSHIRISH" oyligi doirasida “O‘QUVCHI HUQUQLARI KO`PMI YOKI MAJBURIYATLARI ?” mavzusida debat oʻtkazildi.

Bolalar o‘z fikrini erkin bayon qilish, dalil keltirish, hurmat bilan bahslashish kabi muhim ko‘nikmalarni namoyish etishdi.

Debat jarayoniga maktabimizning MMIBDOʻ Ashirboyeva Malika opa qstnashib, o‘quvchilarning faolligi va izlanuvchanligiga yuqori baho berdilar.

Bu kabi mashg‘ulotlar o‘quvchilarda huquqiy ongni shakllantirish, fikrlash madaniyatini rivojlantirish va o‘z nuqtai nazarini asoslay olish ko‘nikmasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sinf rahbari: Yulduz Yakubova